Rim meri Virjiniya Raji Italiya markazida sodir bo‘lgan zilziladan so‘ng, 31-oktabr, dushanba kuni poytaxt maktablari yopilishini e’lon qildi, deya xabar bermoqda “TASS” merning Facebook’dagi rasmiy sahifasiga tayanib.
“Rim ma’muriyati barcha o‘quv muassasalari binolarini zilzila oqibatida shikastlanganlik jihatidan batafsil texnik tekshiruvdan o‘tkazish uchun dushanba kuni maktablarni yopmoqchi”, — deb yozdi Raji.
Avvalroq ba’zi inshootlar, jumladan tarixiylari tabiiy ofat zarbidan zarar ko‘rgani xabar berilgan edi. Hukumat poytaxt metropolitenini vaqtincha yopib qo‘ydi, keyinroq poyezdlar harakati qayta yo‘lga qo‘yildi.
Eslatib o‘tamiz, 30-oktabr, yakshanba kuni Toshkent vaqti bilan 11:40 da Italiya markaziy qismida 6,5 magnitudali zilzila kuzatildi.
Izoh (0)