Britaniyaning Nortxempton shahri politsiyasi jalyuzini o‘g‘irlashga uringan shaxs aks etgan kuzatuv kamerasi kadrlarini e’lon qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
16-oktabr kuni gumonlanuvchi erkak Dunelm mebel do‘koniga kelgan. Oradan ma’lum vaqt o‘tib, u do‘kondan qaytib chiqqan.
Uning kiyimi ostida jalyuzi yashiringan edi — pardaning bir uchi ishtonga tiqilgan bo‘lib, ikkinchi tomoni kurtkadan o‘tib, kapyushondan chiqib turgan edi.
Do‘kon xodimlari o‘g‘rini ushlashga harakat qilgan — ular gumonlanuvchini kanal yoqasidagi so‘qmoqqa qadar quvlab borgan. Shundan so‘ng erkak jalyuzini tashlab qochgan. Mahsulotga zarar yetgan.
“Politsiya videoda aks etgan shaxs bilan yoki u haqda ma’lumotga ega biror odam bilan suhbatlashish istagida”, — deya ma’lum qildi Nortxemptonshir grafligi politsiya bo‘linmasi vakillari.
Izoh (0)