Britaniyalik xonanda Elli Golding Instagram’dagi sahifasida furgonda oynaga suyanib o‘tirgan urg‘ochi fransuz mastifining suratini e’lon qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, bu itning laqabi — Roksi, u kuryer bo‘lib ishlaydigan egasi bilan birga oq furgonda shahar kezadi.
Roksining Instagram va Twitter’da akkauntlari bor va ularda itning egasi londonliklar tomonidan tushirilgan Roksining suratlarini qayta e’lon qilib boradi, deb yozadi Meduza.
“Odatda London bo‘ylab kuryerlik furgonida xotirjam ketayotgan holda uchraydi. Vaqti-vaqti bilan so‘lagi oqadi”, — deb yozilgan Roksining Twitter’dagi tarjimai holida.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)