Samolyotda parvoz qilishdan qo‘rqadigan amerikalik erkak AQShning Sharlott shahridan Ashvill shahriga uchuvchi reysga tirik o‘rdakni olib chiqdi, deya xabar bermoqda Meduza.
Ma’lum bo‘lishicha, o‘rdakning laqabi Deniel va u o‘z egasiga parvozlar vaqtida qo‘rquvni yengishga yordam beradi. Unga hatto samolyot salonida parvoz qilishga rasman ruxsat berilgan.
https://twitter.com/mark_essig/status/787831013703495682
Safar vaqtida Deniel qizil poyabzal kiyadi, taglik bilan ta’minlanadi va “Kapitan Amerika” emblemasini taqib oladi.
O‘rdak egasining aytishicha, parranda taxminan to‘rt yoshda, uni garajdagi arzon savdo vaqtida sotib olishgan va u pishloq qo‘shib pishirilgan makaronni juda yaxshi ko‘radi.
https://twitter.com/mark_essig/status/787758904918863872
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)