O‘rtayer dengizida muhojirlar tushgan qayiqqa hujumdan so‘ng 4 kishi halok bo‘ldi va kamida 25 kishi bedarak yo‘qoldi. Germaniyaning Sea-Watch tashkiloti qutqaruvchilari 21-oktabr, juma kuni mazkur hujum guvohi bo‘lgan, deya xabar beradi “Interfaks”.
Qutqaruvchilar suvdan 120 nafar omon qolganlarni va halok bo‘lganlar jasadini olib chiqdi, qolganlarni topishning imkoni bo‘lmadi.
Liviya qirg‘oq himoyasi hozircha mazkur hodisaga izoh bermadi.
Izoh (0)