Vatikan nufuzli musulmon akademiyalaridan biri — Qohiradagi al-Azhar universiteti bilan aloqalarni tiklashga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Muloqot 2017-yil aprelida boshlanishi kutilmoqda, deb xabar beradi “Interfaks”.
AP ma’lumotiga ko‘ra, tomonlarning mazkur masaladagi dastlabki muzokaralari dam olish kunlari Qohirada bo‘lib o‘tadi.
Vatikan va al-Azhar o‘rtasidagi munosabatlar 2011-yili, Misrdagi koptlar cherkoviga hujumdan so‘ng Rim papasi Benedikt XVI mamlakat rasmiylarini nasroniylar xavfsizligini ta’minlashga chaqirganidan so‘ng buzilgandi. Shundan so‘ng universitet Vatikan bilan aloqalarni uzdi va papani islomga salbiy munosabatda aybladi.
Ma’lumot uchun, shu yil may oyida Rim papasi Fransisk va al-Azhar bosh imomi Ahmad al-Tayyob Vatikanda uchrashgan hamda zo‘ravonlik va terrorizmga qarshi kurashni muhokama etgandi. Uchrashuv chog‘ida papa imomni bag‘riga bosdi, ularning suhbati yarim soat atrofida davom etdi. Ikki diniy arbob ham ushbu uchrashuvning katolik cherkovi va islom o‘rtasidagi muloqot uchun ahamiyatini ta’kidladi.
Izoh (0)