Oktabr oyi o‘rtalarida Tokioda “Kagurazaka Bakeneko” festivali bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda Meduza.
Har yili o‘tkaziladigan festivalda ishtirokchilar mushukcha liboslarni kiyadi, yuz-ko‘zini mushuklarga xos bo‘yaydi, raqsga tushadi va paradda qatnashadi.
YouTube’da e’lon qilingan reportajni ko‘rib, festivalda kamida bir necha o‘n kishi ishtirok etganiga guvoh bo‘lish mumkin.
Bayram yapon folklorining Bakeneko nomli qahramoniga bag‘ishlangan. Bakeneko — arvoh-mushuk bo‘lib, hayotligida dastlab oddiy uy mushugi bo‘lgan, keyinroq ilohiy kuchga ega chiqqan.
Parad Tokiodagi o‘z vaqtida katta shov-shuv bo‘lgan “Men — mushuk” kitobining muallifi Natsume Soseki istiqomat qilgan Kagurazaka tumanida bo‘lib o‘tadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)