NASA Marsning MAVEN kosmik qurilmasi yordamida olingan ultrabinafsha suratlarini e’lon qildi. Meduza’ning yozishicha, qurilma sayyora vulqonlari ustida hosil bo‘ladigan bulutlarni, shuningdek, Marsning tungi tomonidagi nurlanishni tasvirga olgan.
NASA vakillarining izohlashicha, Mars vulqonlari ustidagi bulutlar Yerdagi vulqonlar uzra hosil bo‘ladigan bulutlar kabi shakllanadi. Marsning tungi tarafidagi ultrabinafsha nurlanish esa sayyoraning kunduzgi tomonidagi kimyoviy reaksiyalar sabab yuz beradi.
Quyosh nuri azot va karbonat angidrid gazi molekulalarini parchalaydi, natijada atomlar shamol bilan qorong‘u tarafga o‘tadi va u yerda azot oksidi molekulalariga qo‘shiladi. Shu sababli, boshqa yorug‘lik manbalari bo‘lmasa-da, tungi osmon yorishib turadi.
Mazkur suratlar olimlarga Mars sathidan 60—100 kilometr yuqorida shamollar qanday harakatlanishini yanada yaxshiroq tushunib olishga yordam beradi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)