Avstraliyalik olimlar qit’ada ulkan o‘txo‘r dinozavrlarning yangi turi — savannazavrlarni aniqladi. Bu haqda Scientific Reports jurnali ma’lum qildi.
Dinozavrning bo‘yi hozirgi jirafalarga teng bo‘lgan, tanasining uzunligi esa 15 metrga borgan.
Tadqiqotchilar tomonidan topilgan tur titanozavrlar oilasiga mansub. Avstraliyalik paleontologlarga ko‘ra, savannazavrlar qit’ada 95—98 million yil avval istiqomat qilgan.
Olimlar titanozavrlar o‘sha paytlarda butun sayyora bo‘ylab tarqalganini taxmin qilmoqda. Janubiy Amerikada ularning qoldiqlari topilgani mazkur farazni tasdiqlaydi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)