Jurnalistlar Rossiyaning Sverdlov viloyati Qonunchilik kengashi majlisi vaqtida “Yedinaya Rossiya”dan saylangan deputat Valeriy Savelyevni o‘yin o‘ynab o‘tirgani jarayonida tutib oldi. Meduza’ning yozishicha, Savelyev bir vaqtning o‘zida ham planshetda, ham telefonda o‘yin o‘ynagan.
Deputat planshetda bug‘ularni ovlash kerak bo‘lgan Deer Hunter o‘yinini o‘ynagan, telefonida esa Evony onlayn-strategiyasi ishga tushirilgan edi.
“Yekaterinburg onlayn” nashrining qayd etishicha, Savelyev — “ovning haqiqiy ishqibozi”. Majlis vaqtida u planshetda to‘rtta bug‘uni o‘ldirishga muvaffaq bo‘lgan.
“Deputatning matbuot xizmati majlis vaqtida o‘yin o‘ynab o‘tirish holati bo‘yicha izoh berishdan qat’iy bosh tortdi”, — deb yozadi “Yekaterinburg onlayn”.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)