Ikki nafar amerikalik — harbiy va fuqaro Afg‘oniston poytaxti Kobul yaqinida uyushtirilgan hujum chog‘ida halok bo‘ldi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Shuningdek, AQShning yana ikki fuqarosi jarohat oldi. Shifokorlar ularning holati barqaror ekanligini bildirmoqda.
AQSh mudofaa vazirligi vakiliga ko‘ra, Kobul chetidagi qurol-yarog‘ yetkaziladigan Kemp Morxed bazasiga hujum qilindi. Buni uyushtirgan shaxs bazaga kirishda o‘t ochgan. U keyinchalik o‘ldirildi.
Izoh (0)