AQSh prezidentligiga Demokratlar partiyasidan nomzod Hillari Klinton final debatlar yakuni bo‘yicha CNN respondentlarining 52 foizi qo‘llab-quvvatlashiga ega bo‘ldi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Uning raqibi, Respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Trampning debatlardagi ishtirokini teletomoshabinlarning 39 foizi ma’qulladi. CNN/ORC so‘rovi natijalari shundan dalolat bermoqda.
Telekanalning debatlar ikkinchi raundi yakunlari bo‘yicha o‘tkazgan so‘rovlariga nisbatan Tramp o‘zining ko‘rsatkichlarini birmuncha yaxshilashga muvaffaq bo‘ldi. O‘shanda respondentlarning 34 foizi unga, 57 foizi esa Klintonga ovoz bergandi.
Izoh (0)