Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) tashkilotga a’zo milliy terma jamoalarning yangi reytingini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 617 ochko bilan 48-o‘rinni egalladi. Ushbu ko‘rsatkich Osiyoda Eron (837 ochko, 27-o‘rin), Avstraliya (663, 40-o‘rin) va Janubiy Koreyadan (640, 44-o‘rin) keyin to‘rtinchi, MDH mamlakatlari orasida Ukrainadan (803, 29-o‘rin) keyin ikkinchi bo‘ldi.
O‘zbekiston terma jamoasi Daniya, Yaponiya, Rossiya, Sloveniya, Shotlandiya, Janubiy Afrika kabi milliy termalarni ortda qoldirdi.
Qayd etish joiz, O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingi tarixida ilk bor Rossiyadan o‘zib ketdi.
FIFA reytingini 1621 ochko bilan hamon Argentina boshqarib bormoqda. Germaniya (1465) va Braziliya (1410) bir pog‘onadan ko‘tarilib, mos ravishda 2–3-o‘rinlarni egalladi. Kuchli o‘nlikka tegishli ravishda Belgiya, Kolumbiya, Chili, Fransiya, Portugaliya, Urugvay va Ispaniya terma jamoalari kirdi.
Izoh (0)