Afg‘onistonning Helmand viloyatida “Tolibon” harakatining kamida 51 jangarisi, xususan, uch nafar qo‘mondoni yo‘q qilindi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Tolo News telekanali axborotiga ko‘ra, viloyatning bir qator tumanlarida quruqlikda va havodan olib borilayotgan operatsiyalar chog‘ida jangarilarning 18 ta transport vositasi, shuningdek, qurol-yarog‘lari yo‘q qilingan.
Ekspertlarning qayd etishicha, so‘nggi vaqtlarda Afg‘onistonning Lo‘gar, G‘azni, Helmand, Qunduz, Jo‘zjon, Parvon viloyatlarida “Tolibon” jangarilari faollashib qolgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)