Italiya hukumati 24-avgust kuni mamlakat markazida yuz bergan zilziladan so‘ng qayta tiklash ishlariga 4,5 milliard yevro ajratmoqchi. Bu haqda Vazirlar kengashi stats-kotibi Klaudio De Vinchenti e’lon qildi, deb yozadi “TASS”. U 300 million yevroni zudlik bilan ajratishni ko‘zda tutuvchi tasdiqlangan farmonni taqdim etdi.
“Umuman olganda, xususiy binolarni qayta tiklashga 3,5 milliard yevro va davlat muassasalari binolarini qayta tiklashga esa 1 milliard yevro ajratish rejalashtirilmoqda”, — dedi amaldor. Uning ishontirishicha, ushbu fondlar byudjetda allaqachon nazarda tutilgan, unga yaqin kunlarda tuzatishlar kiritiladi.
Avvalroq Italiya markazida 24-avgust kuni ro‘y berib, 300 ga yaqin odamning halokatiga sabab bo‘lgan zilzila oqibatida ko‘rilgan zarar 4 milliard yevroga baholangan edi.
Izoh (0)