Turkiyadagi hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi a’zosi Kurdiston ishchi partiyasi jangarilari tomonidan o‘ldirildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Anadolu agentligining huquq-tartibot idoralaridagi manbasiga ko‘ra, qotillik Diyorbakir viloyatining Dajla tumanida ro‘y berdi. Jangarilar partiyaning tuman bo‘limi rahbari Deryan Aktertuga qarata uning ofisida o‘t ochdi.
Jinoyatchilarni qidirish va tekshiruv boshlangani bildirilmoqda.
Izoh (0)