Amerikaning Makdono shahrida (Jorjiya shtati) uch yoshli bola o‘qotar qurol bilan o‘ynab, bir yoshli ukasini otib qo‘ydi. Bu haqda Fox News telekompaniyasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Ma’lum qilinishicha, o‘q bolaning boshiga tekkan. O‘g‘il bola shifoxonaga yetkazilgan, biroq shifokorlar uning hayotini saqlab qola olmagan.
Qurol oila a’zolaridan biriga tegishli bo‘lgan. Ismlari oshkor etilmagan bolalar kattalar yonida o‘ynayotgan edi.
Fox News’ning ta’kidlashicha, politsiya bir yoshli bola o‘zi tepkini bosib yuborgan bo‘lishi mumkinligini ham istisno etmayapti. Qurol ekspertizaga yuborilgan. Huquqni muhofaza qilish organlari hodisa yuzasidan surishtiruv olib bormoqda. Biror kishiga nisbatan ayblov e’lon qilinish-qilinmasligi noma’lum.
Izoh (0)