Germaniyaning Shverin shahrida 30 nafar mahalliy fuqaro va 10 nafar muhojir o‘rtasida ommaviy to‘qnashuv yuz berdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
To‘qnashuv davomida bir kishi jarohat oldi, unga tibbiy yordam ko‘rsatildi. Politsiyachilar yuzaga kelgan mojaroni hodisa joyi yaqinida bo‘lgani uchungina tezda bartaraf etdi. Ular mushtlashayotganlarni ajratib, janjal ishtirokchilarining barchasini qo‘lga oldi.
Hodisa yuzasidan “Jamoat tartibining buzilishi” moddasi bo‘yicha jinoiy ish ochildi. Shaharda xavfsizlik choralari kuchaytirildi.
Izoh (0)