Moskvadagi Gelmgols nomli ko‘z kasalliklari ilmiy-tadqiqot institutida ko‘rish qobiliyatini yo‘qotgan mijozlar operatsiya qilindi. Bu haqda muassasa matbuot xizmati ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “RBK”.
“Barchalari operatsiya qilindi, yo‘lakda yugurib yuribdi. Yaxshi dinamika kuzatilmoqda, hammasi joyida”, — ta’kidladi matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, hozirda Rossiya sog‘liqni saqlash sohasida nazorat federal xizmati (“Roszdravnadzor”) “Avastin” preparati bilan ukol qilinganidan so‘ng institut mijozlarida ko‘rish qobiliyatining yo‘qolishi holati bo‘yicha tekshiruv o‘tkazmoqda.
Izoh (0)