Turkiya parlamenti 1-oktabr, yangi qonunchilik yilining birinchi kunida asosiy ko‘pchilik ovozi bilan Turkiya qurolli kuchlarining Suriya va Iroqdagi operatsiyalarda ishtirok etishi uchun vakolat yana bir yilga uzaytirilishini ma’qulladi, deb yozadi “Vedomosti”.
Ushbu chorani ham hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi, ham muxolifatchi Respublikachilar xalq partiyasi va Milliy harakat partiyasi deputatlari qo‘llab-quvvatladi.
Kurdparast Xalq demokratik partiyasi vakillari qarshi ovoz berdi.
Turkiya qo‘shinlari Suriya va Iroqda IShID jangarilariga qarshi operatsiyalarda ishtirok etmoqda, ammo, bundan tashqari, ular Turkiyada terrorchilik tashkiloti deb hisoblanadigan Kurdiston ishchilar partiyasi obyektlariga ham zarbalar bermoqda.
Izoh (0)