Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasida 24-tur bellashuvlariga to‘liq yakun yasaldi. Avvalroq ikki peshqadam — “Lokomotiv” va “Bunyodkor” ochko yo‘qotgan bo‘lsa, Qarshining “Nasaf” klubi yirik g‘alabasi evaziga “Bunyodkor” bilan tenglashib olgandi.
1-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan o‘yinlardan keyin “Andijon” klubi so‘nggi o‘ringa tushib ketdi. O‘z maydonida “Qizilqum”ni qabul qilgan andijonlik futbolchilar 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Oliy Ligada qolish uchun kurash olib borayotganlardan “Qo‘qon—1912” o‘z maydonida 1 ochko ishlagan bo‘lsa, “Obod” Farg‘onaning “Neftchi” klubini mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi.
Ikkinchi davra startidan keyin 8 ta o‘yinda maydonga tushgan “Olmaliq”, shularning birortasida ham g‘olib chiqa olmadi. Igor Shkvirin jamoasi bu safar o‘z maydonida “So‘g‘diyona”ga imkoniyatni boy berdi.
O‘zbekiston Oliy Ligasi 24-tur bellashuvlari 1-oktabr, shanba
Izoh (0)