Rossiya futbol ittifoqi (RFI) qishki taqvimda saqlanib qoladigan Hamdo‘stlik Kubogini o‘tkazish formatini muhokama qilmoqda. Bu haqda RFI professional futbol departamenti rahbari Segrey Kulikov “TASS”ga ma’lum qildi.
Rossiya futbol ittifoqi prezidenti Vitaliy Mutko 2016-yil yanvar oyida o‘tkazilgan so‘nggi Hamdo‘stlik Kubogidan so‘ng turnirni qayta tashkil qilish yoki butunlay yopib tashlash variantlari muhokama etilayotganini ma’lum qilgan edi.
“Masala hali ham muhokama qilinmoqda, Kubokning faoliyatini qayta tashkil etish kutilmoqda. Turnirni mini-futbol formatiga o‘tkazish g‘oyasi bor”, — dedi Kulukov.
Ma’lumot uchun, Hamdo‘stlik Kubogi 1993-yildan beri o‘tkazib kelinadi. 2011-yilga qadar turnirda sobiq Ittifoq respublikalarining chempion jamoalari ishtirok etgan. 2012-yildan esa musobaqada shu mamlakatlarning yoshlar va o‘smirlar jamoalari qatnashib kelmoqda.
Qayd etish joiz, 2007-yilgi musobaqada Toshkentning “Paxtakor” klubi chempionlikni qo‘lga kiritgan.
Izoh (0)