Qozog‘iston chempionatining 27-turida “Ordabasi” klubi o‘z uyida “Okjetpes”ni qabul qildi. Bu haqda “Championat.Asia” xabar bermoqda.
Uchrashuv birinchi bo‘limining 14-daqiqasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Aleksandr Geynrix juda chiroyli to‘p kiritib, “Ordabasi”ni hisobda oldinga olib chiqdi — 1:0. Ushbu gol o‘yinda yagonaligicha qoldi va “Ordabasi” g‘alabaga erishdi. Ushbu g‘alabadan so‘ng klub musobaqa jadvalida uchinchi pog‘onaga chiqib oldi.
Geynrix shu tariqa oxirgi 5 o‘yinda 7 ta to‘p kiritdi: 23-turda “Aktobe” darvozasiga 3 ta, 25-turda “Qayrat”ga qarshi bahsda bitta va 26-turda “Irtish” bilan o‘yinda ikkita gol urgandi.
Izoh (0)