Eron milliy terma jamoasi safida 151 ta o‘yin o‘tkazgan va bu bilan barcha eronlik futbolchilardan ko‘proq ko‘rsatkich qayd etgan Javod Nekunam futbolchilik faoliyatini yakunlab, terma safida ish boshladi, deb xabardor qildi “Championat.asia”.
Nekunam amaldagi bosh murabbiy Karlush Keyrushga yordam beradi.
Javod bosh jamoadagi 151 ta o‘yinida 39 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Eron bilan ikkita Jahon Chempionatida ishtirok etgan, 4 ta Osiyo Kubogida qatnashgan.
Izoh (0)