Rossiyalik milliarder Roman Abramovich “Chelsi”ning so‘nggi mashg‘ulotini kuzatib bordi va bosh murabbiy Antonio Konteni tushlikka taklif qildi, deb yozdi “Sport Ekspress” The Times nashriga asoslanib.
“Chelsi” klubining egasi bu bilan Konteni qo‘llab-quvvatlashni niyat qilgan. Jamoa Premyer-Liganing so‘nggi uch turida 8 ochko yo‘qotdi, ketma-ket ikki bellashuvda imkoniyatni boy berdi. Shunga qaramay Abramovich Kontega ishonishini ta’kidlagan.
Avvalroq italiyalik mutaxassis “Arsenal”ga qarshi o‘yinda qabul qilib olingan yirik mag‘lubiyatdan keyin uyqusini yo‘qotgani haqida aytib o‘tgandi.
Izoh (0)