• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Amerikalik sportchilar taqiqlangan dorilarni qabul qilgan. Bu qonuniymi?

    Nima bo‘ldi?

    Xakerlar Jahon aksildoping agentligi (WADA)ning ma’lumotlar bazasini buzdi va ko‘plab hujjatlarni e’lon qildi. Ularga ko‘ra, amerikalik ba’zi mashhur sportchilar taqiqlanganlar ro‘yxatida turgan dori vositalarini qabul qilgan. Bunda gap tennischilar Vinus va Serena Uilyams, gimnastikachi Simona Baylz va basketbolchi Yelena Delle Donn haqida bormoqda, deb yozadi Meduza.

    Foto: Meduza

    Foto: Meduza

    Ular doping qabul qilganmi?

    Yo‘q. Har holda, xakerlar e’lon qilgan hujjatlarga asoslanib, ular doping qabul qilgan degan xulosaga kelib bo‘lmaydi. Gap shundaki, sportchilar o‘tkir yoki surunkali kasalliklardan davolanish uchun taqiqlangan dorilar ro‘yxatiga kiritilgan vositalardan foydalanish huquqiga ega. Bunday ko‘rinishdagi istisnoga ehtiyoj sezgan sportchi “Terapevtik qo‘llash” uchun maxsus ruxsatnomani olishi kerak.

    Bu sportchilar shunday ruxsatnomalarni olganmi?

    Ha. Xakerlar aynan o‘sha ruxsatnomalarni chop etgan. Qo‘shimchasiga, Baylz va Delle Donndan Rio Olimpiadasi vaqtida olingan namunalar ijobiy natija berganini ham ilova qilingan. Tahlillar vaqtida bu sportchilarga iste’mol qilish uchun ruxsat etilgan dori vositalarining izlari topilgan.

    Demak, dopingga ruxsat berilgan?

    Yo‘q. Bu kabi ruxsatnomalarning berilishi maxsus qoidalar asosida tartibga solinadi. Ruxsatnomalarni taqdim etuvchi tibbiy komissiya dori vositasi (yoki davolash uslubi) sportchining ko‘rsatkichlariga ta’sir etmasligi, aksincha, faqat kasallik belgilariga qarshi kurashishiga ishonch hosil qilishi kerak. Bu — ruxsatnomani berish vaqtidagi talablardan biri, xolos.

    Yana qanday talablar bor?

    Komissiya ruxsat berilishi so‘ralayotgan dori vositasi yoki davolash uslubi sportchiga haqiqatan ham zarur ekaniga ishonch hosil qilishi kerak. Zarurat quyidagicha aniqlanadi: agar bu dori yoki metoddan foydalanilmasa, sportchining salomatligi keskin yomonlashadi. Yana bir sharti — davolashning boshqa muqobil yo‘li umuman bo‘lmasligi kerak. Agar sportchi o‘z salomatligiga boshqa taqiqlangan dori vositalari yoki metodlari sabab zarar yetkazib, endi boshqa taqiqlangan dori vositalari yoki metodlari orqali sog‘ligini tiklab olmoqchi bo‘lsa, unga ruxsatnoma berilmaydi.

    Ruxsatnomani olish uchun sportchi komissiyaga barcha kerakli tibbiy hujjatlarni yuborishi va uning so‘rovi barcha talablarga mos kelishini asoslab berishi kerak. Ruxsatnoma belgilangan bir davrga va dorining ma’lum bir dozasi uchun beriladi.

    Taqiqlangan dorilardan foydalanish amerikaliklar sportchilarga nima uchun kerak bo‘lgan?

    Chop etilgan hujjatlarda bu haqda ma’lumot yo‘q — tibbiy sir talablarini buzmaslik uchun WADA ma’lumotlar bazasi bu kabi axborotni oshkor qilmaydi. Simona Baylz Twitter’dagi sahifasida taqiqlangan preparatlarni e’tibor tanqisligi va giperfaollik sindromi (ETGS) tufayli qabul qilganini bildirdi. Hujjatlardan anglashiladiki, unga Fokalin (Focalin XR) preparatini qabul qilishga ruxsat berilgan, shu sababli undan olingan namunalarda taqiqlangan metilfenidat va amfetamin moddalari topilgan.

    Yelena Delle Donnda ham, aftidan, xuddi shunday tashxis. Unga ETGSdan davolanishda ishlatiladigan Adderol (Adderall) preparatini qabul qilishga ruxsat etilgan. Hujjat izohida sportchiga har yili mazkur kasallik yuzasidan tibbiy ko‘rikdan o‘tish haqida tavsiya berilgan.

    Opa-singil Uilyams bilan bog‘liq vaziyat esa unchalik aniq emas — ular ko‘plab har xil preparatlarni qabul qilgan. Har ikkisida ham salomatligi bilan bog‘liq muammolar borligi ma’lum: Vinusga astma va Shegren sindromi tashxisi qo‘yilgan, Serena esa 2010-yili juda jiddiy jarohat olgan edi. Ehtimol, ular taqiqlangan preparatlarni boshqa kasallik va shikastlanishlar sabab qabul qilgandir.

    E’tibor tanqisligi sindromi — bu jiddiy narsami?

    Bu — murakkab savol. Bir tomondan, e’tibor tanqisligi sindromi — rasman tan olingan va (ayniqsa AQShda) juda keng tarqalgan sindrom. Nomidan ham anglash mumkinki, ETGS bilan xastalangan kishilar bir ishga diqqat-e’tiborini qarata olmaydi, ularda tez-tez giperaktivlik bilan bog‘liq muammolar yuzaga keladi. Sindrom odatda bolalikda paydo bo‘ladi. ETGSli o‘quvchilar ta’limda qiynaladi, xulqi bilan bog‘liq jiddiy muammolar bo‘ladi. Bunday tashxisli kattalar esa ishlashga, yangi sharoitlarga moslashishda qiyinchilikka duch keladi. Sindrom hamroh kasalliklar, masalan, depressiya bilan birga kechishi mumkin. Boshqa tomondan esa, ko‘plab shifokorlar ETGSni alohida sindrom deb ajratish shart emas, deb hisoblaydi; bu mavzu ko‘p bahs-munozaralarga sabab bo‘ladi. Bahslarning murakkabligi shundaki, ETGSni analizlar yordamida aniqlab bo‘lmaydi — shifokorlar bunday tashxisni shikoyatlar, ota-onaning fikrlari, shaxsiy kuzatuvlar asosida chiqaradi. Sindrom mavjudligi tarafdorlarining bir asosi taxminan shunday jaranglaydi: bu kabi sindromli kishilarni samarali davolash yo‘li borligi isbotlangan, demak, sindrom mavjud.

    ETGSli sportchi taqiqlangan dorini qabul qilmasa, ahvoli juda yomon bo‘lib qolmas?

    Yomon bo‘lib qolishi ham mumkin. Taqiqlangan preparatlardan foydalanish bo‘yicha ruxsat berish haqida qaror qabul qiluvchi komissiyalarning yo‘riqnomasida qayd etilgan: ETGS bilan xastalangan odamlar o‘z dorilarini muntazam qabul qiladi va bu jarayonni to‘satdan to‘xtatish bemorning ahvolini og‘irlashtirishi, qayta tiklanish uchun esa ko‘p vaqt talab etilishi mumkin.

    Sportchilar preparatlarni qabul qilish uchun, kim bilsin, o‘zini shunday kasalga ham solsa kerak

    Buni, albatta, inkor qilib bo‘lmaydi. 2006-yili AQSh Bosh beysbol ligasi beysbolchilariga Adderol qabul qilish taqiqlandi. Kelasi yili esa e’tibor tanqisligidan aziyat chekayotgan o‘yinchilar soni 28 dan 103 nafargacha ko‘paydi. Bu holat sportchilar taqiqlangan dori vositasini olish yo‘lida g‘irromlik qilayapti, degan shubhaga ham sabab bo‘ldi. Biroq beysboldan keltirilgan bu misol Baylz va Delle Donn ham o‘z kasalligini sahnalashtirgan, deyishga asos bo‘la olmaydi.

    Taqiqlangan preparatlardan foydalanish uchun ruxsatnomalar ko‘p sportchilarga beriladimi?

    Yo‘q. WADA ma’lumotlariga ko‘ra, 2014-yil davomida sport tashkilotlari jami 255 ta shunday ruxsatnoma bergan. Miqyosni to‘laroq his qilish uchun, opa-singil Uilyamslar, Simona Baylz va Yelena Delle Donn ishtirok etadigan sport turlari statistikasiga nazar solgan ma’qul. Yengil atletikachilarga 2014-yili 13 ta, basketbolchilarga beshta, tennischilarga esa atigi uchta ruxsatnoma berilgan.

    Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

    15.09.2016, 18:43   Izoh (0)   13475
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Lokomotiv” OChLdagi yurishini chorak finalda to‘xtatdi

    13.09.2016, 20:57

    “Lokomotiv” — “Al-Ayn” 0:1. Live

    13.09.2016, 20:34

    Futbol bo‘yicha JCh—2018 saralashida O‘zbekistonning raqibi hisoblangan Qatar Rossiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

    11.09.2016, 11:45

    Test: Xosep Gvardiola Joze Mourinyoga qarshi

    10.09.2016, 13:19

    Ucell “Rio g‘alabalari sari birgalikda!” nomli fototanlov o‘tkazishini e’lon qiladi

    09.09.2016, 17:44

    Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasi 21-tur uchrashuvlari bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi

    09.09.2016, 11:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.