“Lester” Chempionlar Ligasining guruh bosqichidagi debyutida ketma-ket ikki bor yutgan birinchi ingliz klubi bo‘ldi
Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 2-turida “Portu”ni mag‘lub etgan “Lester” hozirga qadar ingliz klublari eplay olmagan ishni uddaladi, deb yozdi “Chempionat”.
Foto: ABCChempionlar Ligasining guruh bosqichida Angliya sharafini turli yillarda “Manchester Yunayted”, “Manchester Siti”, “Arsenal”, “Chelsi”, “Tottenhem”, “Liverpul”, “Lids”, “Nyukasl”, “Blekbern” kabi klublar himoya qilgan. Biroq ularning hech biri debyut mavsumidagi ketma-ket ikki o‘yinda zafar qucha olmagan. “Lester” esa o‘zining birinchi urinishida shunga muvaffaq bo‘ldi.
Klaudio Ranyeri jamoasi Chempionlar Ligasning 1-turini Belgiyada “Bryugge”ga qarshi o‘tkazib, 3:0 hisobida zafar quchgandi. 2-turda esa Portugaliyaning “Portu” klubi taslim qilindi — 1:0.
Izoh (0)