O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Aleknsandr Geynrix avgust oyining qozog‘istondagi eng yaxshi legioner futbolchisi bo‘lgani haqida “Sports.kz” nashri ma’lum qildi.
“Sports.kz” 2011-yildan buyon “Almaz” loyihasini o‘tkazib keladi va unda har oy yakuniga ko‘ra Qozog‘iston Premyer-Ligasining eng yaxshilarini aniqlaydi. Mart va iyul oylari davomida besh nafar turli futbolchilar oyning eng yaxshilari deb topildi. Ular orasida rossiyalik Andrey Arshavin ham bor.
Avgust oyi uchun so‘rovnomada Premyer-Liganing barcha murabbiylari va 12 nafar futbolchisi ishtirok etgan. Yakunda “Qayrat” klubi vakili Bauirjan Islomxonga eng yaxshi bo‘lish nasib etgan. Ovozlarga ko‘ra o‘zbekistonlik Aleksandr Geynrixga 3-o‘rin nasib qilgan.
Shunday bo‘lsa-da, Geynrix oyning eng yaxshi legioneri deb e’tirof etilgan. Bu borada hujumchi braziliyalik Isael Barboza hamda kolumbiyalik Roxer Kanyasni ortda qoldirgan. Ma’lumot uchun, Geynrix avgust oyidagi 3 ta o‘yinda 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgandi.
“Almaz”ning 2011 va 2012-yilgi bosh sovrini o‘zbekistonlik hujumchi Ulug‘bek Baqoyevga nasib qilgandi.
Izoh (0)