Sirinart milliy bog‘i rahbariyati Tailandning sayyohlar orasida mashhur Pxuket orolida zahari odamni o‘ldirishi mumkin bo‘lgan fizaliyalar topilganligi tufayli uchta plyajni cho‘miluvchilar uchun yopib qo‘ydi, deb yozadi “TASS”.
Thai PBS telekanalining ma’lum qilishicha, orolning Nayton, Nay-Yang va Layan plyajlarida cho‘milish taqiqlangan. Bunga ularning hududidan fizaliyalarning topilganligi sabab bo‘lgan.
Tashqi ko‘rinishi bilan meduzalarni yodga soluvchi mazkur dengiz jonivorlari ko‘proq portugal harbiy kemachasi nomi bilan mashhur. Ularning koloniyalari oqim va shamollar bilan dunyo okeanlari bo‘ylab ko‘chib yuradi.
Avvalroq Pxuket sohillarida zaharli kubomeduzalar topilganligi ma’lum bo‘lgan edi. Yilning ushbu davrida Pxuketda kuchli to‘lqinlar va meduzalarning paydo bo‘lishi kuzatiladi.
Izoh (0)