AQSh prezidenti Barak Obamaning 11-sentabr qurbonlari oilalariga Saudiya Arabistoniga qarshi da’vo qo‘zg‘ashga imkon beruvchi qonun loyihasiga taqiq qo‘yish qarori Kongressda tanqid qilindi. Bundan norozi bo‘lganlar nafaqat respublikachilar, balki prezident tarafdorlari — demokratlar orasida ham topildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
“Bu hafsalani pir etuvchi qaror Kongressda tezda va asosli tarzda bekor qilinadi. Agar saudiyaliklar hech bir yomonlik qilmagan bo‘lsa, ular ushbu qonun loyihasidan cho‘chimasligi kerak. Mabodo aybdor bo‘lsa, javobgarlikka tortilishi kerak”, — ta’kidladi qonun loyihasi mualliflaridan biri, demokrat Chak Shumer.
Senatdagi ko‘pchilik yetakchisi Mitch Makkonnell Obamaning qarori kelgusi haftadayoq ko‘rib chiqilishini va’da qildi. Prezident qo‘ygan taqiqni bekor qilish uchun qayta ovoz berish chog‘ida qonun loyihasini vakillar palatasi va senat a’zolarining uchdan ikki qismi yoqlashi kifoya.
Izoh (0)