Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels shtatidagi kuchli yog‘ingarchilik aholi zich joylashgan markaziy hududga yirik suv toshqini xavfini olib keldi. Bu haqda, SBS telekompaniyasiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, 7500 nafardan ziyod kishi istiqomat qiluvchi Forbs shahrida vaziyat ayniqsa jiddiy ko‘rinishga kelgan. Meteorologlarning taxminiga ko‘ra, shahar orqali o‘tuvchi Laxlan daryosida suv sathi 10,7 metrdan oshib ketadi. Agar prognozlar tasdiqlansa, shaharga yirik suv toshqini tahdid qiladi.
Mahalliy hukumat rasmiylari Forbs va uning atrofida joylashgan kichik turar-joylar aholisini evakuatsiya qildi. Halok bo‘lganlar haqida ma’lumotlar kelib tushmagan.
Izoh (0)