Barak Obama amerikalik ayolni AQShning sobiq prezidenti Kichik Jorj Bush bilan birga suratga tushirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Hodisa Vashingtonda, afroamerikaliklar tarixi muzeyi ochilishi chog‘ida ro‘y berdi. Ayol Bush bilan birga selfiga tushmoqchi bo‘ldi, sobiq prezident esa telefonni olib, Obamaga berdi va suratga olishini iltimos qildi.
Amerikalik ayol endi qoyilmaqom suratga ega bo‘ldi: fotoda u AQShning sobiq prezidenti bilan birga, suratga esa mamlakatning amaldagi prezidenti tushirgan.
Izoh (0)