Zimbabve prezidenti Robert Mugabe Xavfsizlik Kengashida qit’a davlatlari vakolatlari va huquqlarini kengaytirish bilan bog‘liq shoshilinch islohotlar o‘tkazilmasa, Afrika mamlakatlari BMTdan chiqishi bilan tahdid qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Xalqaro tashkilot Bosh Assambleyasidan qaytganidan so‘ng Mugabe Afrika mamlakatlari Xavfsizlik Kengashida yetakchilik qilayotgan G‘arbga qarama-qarshi o‘laroq, Rossiya, Xitoy, Hindiston va boshqa davlatlar bilan birgalikda o‘z tashkilotlarini tuzishi mumkinligini ma’lum qildi. Gap shundaki, qit’a davlatlari 2005-yildan beri kengashda doimiy ravishda ikki a’zolik o‘rni ajratilishini talab qilmoqda.
“Bizni faqat Rossiya va Xitoy qo‘llab-quvvatlamoqda, AQSh esa qarshi chiqadi. Kengashdagi G‘arb vakillari Afrika davlatlari fikrlarini inobatga olmay, rezolyutsiyalarini beayov tahrir qilib, tomoshaga aylantirmoqda. Har bir mamlakat BMTning to‘laqonli a’zosi ekanligini tan olish lozim. Yo islohot o‘tkaziladi, yoki bizsiz bo‘lishingizga to‘g‘ri keladi. Shu bilan hammasi tugaydi”, — ogohlantirdi qit’aning keksa yetakchilaridan biri sanaladigan 92 yoshli Zimbabve prezidenti.
Izoh (0)