Iroq poytaxtida ro‘y bergan portlash oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi, 28 kishi yaralandi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Bag‘dodning portlash sodir bo‘lgan Iskan tumanida asosan shialar istiqomat qiladi. Portlovchi qurilmani hudkush harakatga keltirgani bildirilmoqda.
Terakt uchun javobgarlikni hozircha hech bir terrorchi guruh zimmasiga olmadi.
Izoh (0)