KXDR sharqida joylashgan Vonsan shahridagi Galma aeroporti hududiga 24-sentabr, shanba kuni boshlangan mamlakat tarixidagi birinchi aviashouga 200 ming kishi tashrif buyurdi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Vonsan shahridagi aviashou AQSh tomonidan ishlab chiqarilgan Hughes 500 vertolyotlari namoyishi bilan boshlandi.
Aviashouda asosan KXDRning Rossiyadan sotib olgan samolyotlari, jumladan, “Tu-154”, “Tu-134” va “Il-18” ishtirok etdi.
Muxlislarda eng katta qiziqishni “MiG-29” va “Su-25” qiruvchi samolyotlari uyg‘otdi.
Izoh (0)