KXDR hukumati mamlakat shimoliy tumanlarini vayron qilgan, 1945-yildan buyon kuzatilgan eng yirik toshqin oqibatlarini bartaraf etish borasida tezkor choralar ko‘rmoqda. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Jumladan, eng jiddiy talafot ko‘rgan Xamgyon-Pukto provinsiyasi uyezd va shaharlarida vayron bo‘lgan infrastrukturani qayta tiklashni muvofiqlashtirish bo‘yicha markazlar tashkil etildi. Elektr uzatish liniyalari, temir yo‘llar tiklanmoqda.
Toshqin zonasida qolgan tumanlarga ko‘tarish kranlari, sement va boshqa qurilish materiallari yetkazilmoqda. Koreya markaziy telegraf agentligining bildirishicha, qayta tiklash ishlariga jalb etilgan harbiy xizmatchilar, qutqaruvchilar va ko‘ngillilar chinakam mo‘jiza ko‘rsatmoqda.
Izoh (0)