Indoneziyaning G‘arbiy Yava provinsiyasida yuz bergan ko‘chki tufayli kamida 10 kishi halok bo‘ldi, yana ikki kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Bu haqda Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish milliy boshqarmasi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Tabiiy ofat tufayli yana 30 kishi jabrlandi. Qutqaruvchilarga ko‘ra, mintaqada kuzatilgan shiddatli yomg‘irlar va toshqin 20-sentabr, seshanba kuni kechki payt ro‘y bergan ko‘chkiga sabab bo‘lgan.
Hodisa joyida jabrlanganlarni qidirish va xavfsiz joylarga ko‘chirish ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)