Anqarada Isroilning Turkiyadagi elchixonasiga qurolli hujum uyushtirildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
OAV voqea tafsilotlari haqida turlicha ma’lumot bermoqda. NTV telekanaliga ko‘ra, hodisa ikki kishi elchixonaga kirishga uringandan so‘ng yuz bergan. Ulardan biri yaralangan va zararsizlantirilgan, ikkinchi shaxs haqida esa ma’lumot berilmagan.
Haber Turk ma’lumotlariga ko‘ra, 35 yoshli erkak elchixona tomonga yugurgan va shu asnoda yaralangan. Hozirda politsiya uning qo‘lida bo‘lgan shubhali sumkani tekshirmoqda.
Elchixona xodimlari orasida jabrlanganlar yo‘qligi bildirilmoqda.
Izoh (0)