O‘rtacha motorga ega bo‘ladigan yangi avlod Chevrolet Corvette superkari ikkita ulovchi mexanizmli robotlashtirilgan uzatish qutisi bilan jihozlanishi mumkin, deb yozadi Motor.
Car and Driver nashri o‘z manbasiga tayanib ma’lum qilishicha, navbatdagi Corvette’ga yangi yetti pog‘onali Tremec transmissiyasi o‘rnatiladi. Alyuminiy korpusli uzatish qutisi daqiqasiga 9000 tagacha aylanishni va 900 Nm gacha kuch lahzasini ko‘tara oladi.
Yangi superkarning avvalroq sinovlarda ko‘ringan prototiplari aynan shunday transmissiya bilan jihozlangani taxmin qilinmoqda.
Yangi avlod Chevrolet Corvette 2018-yilda taqdim etilishi, 2019-yilda esa sotuvga chiqishi kutilmoqda.
Izoh (0)