18-sentabr, yakshanba kuni Budapeshtdan 30 km shimoldagi Gyodyollyo shahri osmonida ikkita yengil samolyot to‘qnashib ketdi, deb yozadi “TASS” Vengriyaning M1 telekanaliga tayanib. Aviahalokat oqibatida to‘rt kishi, shu jumladan, yosh bola qurbon bo‘ldi.
Fojia parashyut sporti bo‘yicha musobaqalarda sodir bo‘ldi. Piper-28 samolyotidan parashyutchilar sakrab tushdi, shundan so‘ng mashina burilish chog‘ida Cessna 128 samolyoti bilan to‘qnashib ketdi. Shahar ustidagi havo hududi musobaqalarda ishtirok etmayotgan uchar qurilmalar uchun yopiq edi. Cessna 128’ning parvozi aviatsiya xizmatlari bilan muvofiqlashtirilmagan.
To‘qnashuv natijasida Piper-28 uchuvchisi, shuningdek, Cessna 128’da bo‘lgan uch kishi, jumladan, yosh bola halok bo‘ldi.
Politsiya versiyasiga ko‘ra, fojiaga insoniy omil sabab bo‘ldi.
Izoh (0)