Londonning Xitrou aeroportida 17-sentabr, shanba kuni politsiya teraktga tayyorgarlikda gumon qilingan 39 yoshli erkakni qo‘lga oldi. Bu haqda London politsiyasi saytida ma’lum qilindi, deya xabar beradi “RBK”.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, erkak portlovchi qurilma tayyorlash uchun foydalaniladigan materiallarni saqlashda gumon qilinmoqda.
Uning qo‘lga olinishi reyslar jadvaliga o‘zgartirish kiritilishiga sabab bo‘lmadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)