AQSh mudofaa vazirligi IShID axborot va targ‘ibot vaziri sanaladigan va doktor Vail deya nom olgan Vail Odil Salmon al-Fuad havodan berilgan zarba tufayli yo‘q qilinganini bildirdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Pentagon rasmiy vakili Piter Kukning ta’kidlashicha, terrorchi koalitsiya kuchlarining aviazarbasi natijasida 7-sentabr kuni Rakkada o‘ldirildi.
Shu bilan birga, ARA News agentligiga ko‘ra, IShID mediafaoliyati uchun targ‘ibot materiallari chiqarilishini tashkillagan, Amaq agentligi va Al-Naba nashriga boshchilik qilgan Abu Muhammad Furqon mas’ul sanalardi. U va yana 20 kishi 14-sentabr kuni Iroq xavfsizlik kuchlari hujumi natijasida Mosul shahri yaqinida o‘ldirildi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)