Vashington Turkiya harbiylariga Suriyada IShID terrorchilik guruhiga qarshi janglarda yordam berish uchun maxsus bo‘linmalarning 40 ga yaqin jangchisini yuboradi. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasining elektron versiyasi xabar berdi, deb yozadi “TASS”.
Uning manbalari ma’lum qilishicha, ushbu jangchilar “Turkiya qo‘shinlari bilan birgalikda Suriya shimolida IShIDga qarshi kurashadi”. “AQSh rasmiy shaxslari shu tariqa IShID jangarilariga qarshi kurashdagi ittifoqchi mamlakat bilan aloqalarni mustahkamlashga umid qilmoqda, — deya ta’kidladi nashr. — Harbiylar, amaldorlar aytishicha, Suriyaga yaqin kunlar ichida yetib boradi”.
Amerikalik harbiy xizmatchilar, gazeta aniqlik kiritishicha, Vashington avvalroq Suriyaga yuborgan maxsus bo‘linma jangchilari kabi, harbiy maslahatchilar rolini bajaradi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Suriyadagi AQSh maxsus bo‘linmalari jangchilari soni ushbu 40 nafar jangchi yetib kelganidan keyin 300 kishidan oshmaydi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)