Jurnalistlar senator Darig‘a Nazarboyevaga o‘zini Qozog‘iston prezidenti vorisi sanashi haqidagi savol bilan murojaat etdi. Bu haqda Kazakhstan Today xabar bermoqda.
“Men o‘zimni vataniga sadoqat bilan xizmat qilayotgan va prezident jamoasi a’zosi bo‘lgan inson sifatida ko‘raman. Shuning uchun bunday bashoratlarni suvga qarab fol ochish, safsata sifatida ko‘raman, bundan ortiq emas”, — deya ta’kidladi Nazarboyeva.
Eslatib o‘tamiz, 13-sentabr kuni mamlakat parlamenti senati tarkibiga kirgan Darig‘a Nazarboyeva bugun, 16-sentabr kuni palataning xalqaro munosabatlar, mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi raisi etib tayinlandi.
Izoh (0)