Tailandda 2014-yilda ro‘y bergan harbiy to‘ntarishdan so‘ng joriy etilgan harbiy tribunallar tizimi “ikki yil davomida tinchlik va tartib tiklangani” tufayli bosh vazir Prayut Chan-Ocha farmoni bilan bekor qilindi. Zudlik bilan kuchga kiruvchi mazkur ko‘rsatma qirollik saroyi byulletenida chop etildi, deya xabar beradi “TASS”.
Ichki xavfsizlik bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqish mamlakat sud tizimi ixtiyoriga qaytarildi.
Shuningdek, sudlar endi hukmron harbiy kengash buyruqlari (masalan, siyosiy yig‘inlarni man etuvchi) bajarilmasligiga, mamlakat hududida jinoyat sanaladigan qirolni haqorat qilishga doir ishlarni ham ko‘rib chiqadi.
Shu bilan birga, ayirmachilar faoliyati tufayli xavfsizlikning maxsus tartibi joriy etilgan Pattani, Yala va Naratxivat kabi janubiy provinsiyalarda harbiy tribunallar saqlab qolinadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)