Qo‘shma Shtatlar prezidentligiga Demokratlar partiyasidan nomzod Hillari Klinton nomzodini qaytarib olgan taqdirda, AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden yoki senator Berni Sanders saylov jarayoniga qo‘shilishi mumkin. Bu haqda The Daily Telegraph manbalariga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Agar u shunday qaror qilsa, Jo Bayden va Berni Sanders uning o‘rniga eng yaqqol nomzod bo‘ladi. Buning uchun Klintonning o‘zi shunday qaror qilishi kerak, hozircha u bunday to‘xtamga kelgani yo‘q. Favqulodda holatda yangi nomzodni tanlash Demokratlar partiyasi milliy qo‘mitasiga bog‘liq”, — deya ma’lum qiladi nashr.
Eslatib o‘tamiz, Hillari Klinton 11-sentabr teraktlariga bag‘ishlangan motam marosimida o‘zini noxush his etdi va Kaliforniya hamda Nevadaga saylovoldi safarlarini bekor qildi.
Izoh (0)