Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on butun dunyo musulmonlarini Qurbon hayiti bilan o‘n xil tilda, jumladan, rus tilida ham tabrikladi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
“Butun islom dunyosini Qurbon hayiti bilan qutlayman va ushbu bayram butun insoniyatga tinchlik, ezgulik va sog‘-salomatlik olib kelishini tilayman”, — deb yozdi Erdo‘g‘on o‘z Twitter’ida.
Shunga o‘xshash qutlovlar uning sahifasiga turk, arab, ozarbayjon, bosniya, ingliz, fransuz, nemis, shuningdek, ikki xil kurd tillarida joylandi.
https://twitter.com/RT_Erdogan/status/775307988479377409
Izoh (0)