Iroq xavfsizlik kuchlari 12-sentabr, dushanba kuni IShID tomonidan nazorat qilinayotgan Mosul shahri janubida terrorchilar hujumini qaytardi va 100 ga yaqin jangarini yo‘q qildi. Bu haqda Naynava viloyati politsiyasi boshqarmasi ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Terrorchilar bugun viloyat janubidagi Bag‘dod va Mosulni bog‘lovchi trassada, al-Barari tumani yaqinida Naynava politsiyasi sakkizinchi polkiga hujum uyushtirdi. Armiya va politsiya kuchlari 100 ga yaqin terrorchini o‘ldirishga muvaffaq bo‘ldi, o‘nlab jangariga jarohat yetkazildi”, — deyiladi politsiya bayonotida.
Mazkur to‘qnashuvlarda Iroq xavfsizlik kuchlari jangchilari orasida yo‘qotishlar bo‘lmagani bildirilmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)