Isroil harbiylari mamlakatning harbiy samolyoti va uchuvchisiz uchar qurilmasi urib tushirilganligi haqida Suriya bayonotini rad etdi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Isroil tomonining qayd etishicha, Suriya armiyasi aviazarba chog‘ida Isroil aviatsiyasi tomonga ikki raketa uchirgan, biroq nishonga tekkiza olmagan.
Isroil armiyasi matbuot xizmati vakili mayor Arye Shalikar Isroil aviatsiyasi Suriyadagi tungi operatsiya davomida talafot ko‘rmaganligini ma’lum qildi.
“Tunda aviatsiyamiz Suriya artilleriya marralariga hujum qilgandan so‘ng Suriya tomonidan ikkita “yer-havo” turkumidagi raketa uchirildi. Biroq hodisaning hech bir bosqichida Isroil Harbiy-havo kuchlari uchish qurilmalarining xavfsizligi tahdid ostida bo‘lmadi”, — dedi u.
Avvalroq Suriya armiyasi Isroil harbiy samolyoti va uchuvchisiz uchish qurilmasini urib tushirganini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)