Jeyms Vulsi AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha bosh maslahatchisi bo‘ladi. Bu haqda milliarderning saylovoldi shtabiga tayanib, Reuters ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.
Vulsi Trampning AQSh qo‘shinlari kadrlar salohiyatini kengaytirish va Pentagonning budjetdan moliyalashtirilishidagi cheklovlarni bekor qilish haqidagi g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlamoqda. Shu bilan birga, Vulsi Trampning Meksika va diniy ozchilik — musulmonlarga munosabat borasidagi fikrlariga qo‘shilmasligini bildirdi.
Ma’lumot uchun, diplomatlik faoliyatini o‘tgan asrning 60-yillari oxirida boshlagan Vulsi 1993—1995-yillarda Markaziy razvedka boshqarmasini (MRB) boshqargan.
Izoh (0)